Kecha politsiya Kryugesdorpdagi bir nechta ishlayotgan shaxtalarda 19 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Yoxannesburg munitsipalitetining Kryugesdorp shahridagi bir nechta mavjud shaxtalardan noqonuniy ishlagan 21 nafar konchilarning jasadi topildi.
«Vafot etgan konchilar soni 21 nafarga yetdi. Ular noqonuniy ishlagan bo‘lishi mumkin. Politsiya qidiruv-qutqaruv guruhi yana ikkita jasadni topdi. Ular payshanba kuni ertalab boshqa jasadlar topilgan joy yaqinidagi ochiq shaxtadan olib chiqildi», — dedi politsiya matbuot kotibi Brenda Muridili.
Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.


