1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya AQSHga snaryadlar sotmoqchi

Shu bilan birga Seul ushbu vositalar keyinchalik Ukrainaga yetkazib berilishiga qarshi chiqqan.

Janubiy Koreya AQSHga snaryadlar sotmoqchi

 

Janubiy Koreya AQSHga artilleriya snaryadlari sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ammo Seul ularning keyinchalik Ukrainaga yetkazib berilishiga qarshi.

 

Reuters agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya Kiyevga harbiy yordam masalasida bosiqlik ko‘rsatmoqda.

 

“AQSHning 155 mmli snaryadlari zaxirasini to‘ldirish uchun Amerika va Janubiy Koreya kompaniyalari o‘q-dori eksporti bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu faqat AQSH foydalanishi sharti bilan amalga oshirilyapti”, – degan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi amaldori.

 

Vladimir Zelenskiy bir necha bor rasmiy Seulni Ukrainaga harbiy yordam berishga chaqirgandi. Ammo Prezident Yun Sok Yol oktyabrda Kiyevga hujumkor qurollar taqdim etilmasligini maʼlum qilgandi.

 

Ekspertlarning fikricha, Janubiy Koreya AQSH ittifoqchisi bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda Moskva bilan aloqalarini yomonlashtirmoqchi emas. Bundan tashqari, Seul Kremlning KXDRga taʼsiri masalasini ham inobatga olmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика