Janubiy Koreya boshqa davlatlarning yadroviy qurolidan foydalanishi yoki o‘zinikini yaratishi mumkin. Mamlakat Prezidenti Yun Sok-Yolga ko’ra, bu Shimoliy Koreya bilan munosabatlar yanada yomonlashgan taqdirda amalga oshiriladi.
Xabar qilinishicha, Yun Sok-Yol Mudofaa vazirligining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejalari to‘g‘risidagi Prezidentga hisoboti chog‘ida vazirlikka bu bo’yicha topshiriq bergan.
"Agar shunday vaziyat taqozo qilsa, ilmiy texnologiyalarimiz yordamida biz ko‘p vaqt sarflamasdan, tezda yadroviy qurolga ega bo‘lamiz", — dedi Prezident.
Shu bilan birga, u ayni damda “real mumkin bo‘lgan” variantlarni tanlash muhimligini ta’kidladi. Seul hozir Vashington bilan yadroviy aktivlari masalalarida axborot almashish, birgalikda rejalashtirish va bunday rejalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilayotganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi so'ngida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR yadro kuchlarini kuchaytirish, yadro kallaklarini ommaviy ishlab chiqarish, bir zumda qarshi hujumga qodir bo'lgan yangi qit'alararo ballistik raketa tizimini yaratish va tezkor razvedka ishlarini yakunlash zarurligini e'lon qilgan edi.


