Poytaxt Seul va mamlakatning boshqa shaharlarida prezident isteʼfosini talab qiluvchi namoyishlar boshlandi.
Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi muxolifatdagi Demokratik partiya deputatlari, agar prezident Yun Sok Yolning o‘zi isteʼfoga chiqmasa, impichment jarayonini boshlashlarini bildirishdi.
Impichment eʼlon qilish uchun uni mamlakat Milliy assambleyasining 300 nafar deputatidan 200 nafari qo‘llab-quvvatlashi kerak. Hozirda muxolifat parlamentning 170 o‘rnini nazorat qiladi.


