1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya prezidenti KXDRga vaksina va dori-darmon jo‘natmoqchi

Payshanba kuni Shimoliy Koreyada ilk koronavirus holati aniqlangan edi.

Janubiy Koreya prezidenti KXDRga vaksina va dori-darmon jo‘natmoqchi

 

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDRga koronavirusga qarshi vaksina jo‘natishni taklif qildi.

 

Prezident vakili Kan In Sonning so‘zlariga ko‘ra, vaksina bilan birga boshqa dori-darmonlar yetkazib berilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Shimoliy Koreyada koronavirus holatlarining ko‘payishi boshqa virusli kasalliklarning ham ortishiga sabab bo‘lgan.

 

Prezident vakili Pxenyan shu kunga qadar ushbu so‘rovnomaga javob bermaganini maʼlum qilgan.

 

Juma kuni KXDRda 350 ming kishi COVID-19 bilan kasallangani, olti kishi vafot etgani ochiqlandi. Vafot etganlardan birida “omikron” shtammi aniqlangan.

 

Avvalroq Shimoliy Koreyada ilk koronavirus holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика