Janubiy Koreyaga tegishli baliqchi kemasi mamlakat janubi-g‘arbiy sohillarida ag‘darilib ketdi. Natijada to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Ekipajning uch nafar aʼzosi yaqin atrofdagi kema tomonidan qutqarilgan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bedarak yo‘qolganlarni qutqarish uchun maksimal kuch sarflashga chaqirdi va qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga qidiruv hududini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


