Kema bortida 22 ekipaj aʼzosi: 14 nafar XXR va 8 nafar Myanma fuqarosi bo‘lgan yuk kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda Yonhap agentligi maʼlum qildi.
Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan Jin Tian kemasi yog‘och olib ketayotgan bo‘lgan. Kema chorshanbaga o‘tar kechasi Chedju orolidagi Sogvipxo shahridan janubi-sharqdan 148,2 kilometr joyda cho‘kib ketgan.
Qirg‘oq xavfsizlik xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, ekipajning 2 aʼzosi qutqarib olingan, qolganlarini qidirish ishlari davom etmoqda.


