1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyada suv toshqinlari oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi maʼlum qilindi

Mamlakatda suv toshqinlari oqibatida ko'plab insonlar halok bo'ldi

Janubiy Koreyada suv toshqinlari oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi maʼlum qilindi

 

Janubiy Koreyada kuchli yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi, 10 nafardan ortiq inson bedarak yo‘qoldi hamda minglab odamlar o'z uylarini tark etishga mahbur bo'ldi.
 

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga ko‘ra, halok bo'lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Vaziyat O‘zbekiston diplomatlari nazorati ostida ekanligi aytilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика