1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyada tug‘ilishlar soni ortdi ammo o‘limlar soni undan ham ko‘p

Aholi ro‘yxatidagi son 6 yildan buyon kamaymoqda, 50 yoshdagilar ulushi eng katta foizni tashkil qilmoqda.

Janubiy Koreyada tug‘ilishlar soni ortdi ammo o‘limlar soni undan ham ko‘p

 

Janubiy Koreyada tug‘ilishlar soni ketma-ket ikkinchi yil o‘sish ko‘rsatgan bo‘lsa-da, vafot etganlar sonidan kam bo‘lgani sababli mamlakatda aholi sonining kamayishi davom etmoqda. Bu haqda KBS xabar qildi.

 

Ma’lumotlartga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda 258 ming 242 nafar chaqaloq tug‘ilib ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 242 ming 334 nafar tug‘ilishdan qariyb 15 mingga ko‘p.

 

Shu bilan birga, o‘tgan yili vafot etganlar soni 366 ming 149 nafarni tashkil etib, bu 2024-yilga nisbatan qariyb 5 mingga oshgan.

 

Vafot etganlar sonidan tug‘ilganlar soni ayirilganda, 107 ming 907 nafarni tashkil etib, tabiiy aholi kamayishi davom etayotgani qayd etildi.

 

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni eng ko‘p bo‘lgan mintaqa Gyeonggi provinsiyasi bo‘lib, bu yerda 77 ming 702 nafar bola tug‘ilgan. Undan keyin Seul shahri (46 ming 401 nafar) va Incheon shahri (16 ming 786 nafar) qayd etilgan.

 

Shahar va tumanlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Gyeonggi provinsiyasidagi Hwasong shahriga to‘g‘ri kelib, u yerda 8 ming 116 nafar bola tug‘ilgan. Keyingi o‘rinlarda Suvon (7 ming 60 nafar), Yongin (5 ming 906 nafar), Shimoliy Chungcheong provinsiyasidagi Cheongju (5 ming 525 nafar) va Goyang shaharlari (5 ming 522 nafar) joy olgan.

 

Yosh toifalari bo‘yicha tahlilga ko‘ra, 50 yoshdagilar aholining 16,89 foizini tashkil etib, eng katta ulushga ega. Keyingi o‘rinlarda 60 yoshdagilar (15,50 foiz), 40 yoshdagilar (14,83 foiz), 70 yosh va undan yuqorilar (13,76 foiz), 20 yoshdagilar (11,12 foiz), o‘smirlar (9,05 foiz) va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar (5,79 foiz) joy olgan.

 

Aholi tarkibida 50 yoshgacha bo‘lganlar orasida erkaklar soni ko‘proq, 60 yoshdan yuqori toifalarda esa ayollar ustunlik qilmoqda.

 

0–17 yoshdagi bolalar soni 6 million 644 ming 957 nafarga tushib, bir yil ichida 231 ming 373 nafarga kamaygan. 9–24 yoshdagi o‘smirlar 7 million 487 ming 73 nafarni, 19–34 yoshdagi yoshlar esa 9 million 673 ming 734 nafarni tashkil etib, har ikki guruhda ham qariyb 200 mingga yaqin qisqarish kuzatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика