1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jarimaga oid yengillik bo‘yicha qonun bugundan kuchga kirdi

Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Jarimaga oid yengillik bo‘yicha qonun bugundan kuchga kirdi

 

O‘zbekiston Respublikasining “Maʼmuriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun 2023 yil 1 maydan kuchga kirdi.

 

Qonunga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.  

 

Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.   

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan bunday normadan asosiy maqsad aholiga yengillik yaratishdir. Biroq ayrim huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmaydi. Yaʼni jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda imtiyoz qo‘llanilmaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика