1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Jarimalarni bekor qilish kerak" — Bobur Bekmurodov

“Yuksalish” rahbari chorrahalardagi “tuzoq”lar haqida fikr bildirdi.

"Jarimalarni bekor qilish kerak" — Bobur Bekmurodov

 

“Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov YHXB xodimlarini chorrahalarda tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd qiluvchi kameralar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Bobur Bekmurodovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalardagi qaydnomalarni taftish qilish va huquqiy baho berish choralarini ko‘rish kerak. Taftish natijasida «noinsof tadbirkorlik yo‘li bilan» undirilgan jarimalar aniqlangan taqdirda, ularni bekor qilish va haydovchilarga to‘lovlarni tadbirkorlar hisobidan qaytarish lozim.

 

Tadbirkorlik subyektlarining nazorat kameralari orqali qayd qilinayotgan jarimalarni nazorat tartibida doimiy tekshirish amaliyotini joriy qilish zarur.

 

"Fuqarolarning adolatsiz jarimalar ustidan shikoyat qilishdagi ovoragarchilikdan asrash maqsadida qaydnomalarga onlayn shikoyat berish imkoniyatini yaratish kerak", — deb hisoblaydi “Yuksalish” rahbari.

 

Bundan tashqari, u radar o‘rnatilgani to‘g‘risidagi belgilar yonida cheklangan tezlikni aks ettiruvchi belgilarni o‘rnatishni majburiy qilishni taklif etdi.

 

"Bu boradagi faoliyat yuzasidan jamoatchilikka muntazam ravishda axborot berib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz", — deydi Bobur Bekmurodov.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика