1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlarida 34 kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofat mamlakatning 11 viloyatini qamrab olgan.

Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlarida 34 kishi halok bo‘ldi

 

Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 34 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi maʼlum qildi, deya xabar berdi Anadolu agentligi.

 

Qayd etilishicha, tabiiy ofat mamlakatning 11 viloyatini qamrab olgan. Avvalroq 25 qurbon, jumladan 10 nafar harbiylar haqida xabar berilgan edi.

 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, yong‘inlarni, shu jumladan aviatsiya yordamida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

 

Jazoir shimolida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash 48 darajadan oshgan g‘ayritabiiy issiqlik va quruq shamollar taʼsirida murakkablashmoqda.

 

Jazoir hukumati jazirama tufayli mamlakatda eng yuqori xavf darajasini joriy qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика