1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

JCh–2022 bilan bog‘liq navbatdagi janjal

Ekspertlar chemionatda adolatsiz natijalar bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

JCh–2022 bilan bog‘liq navbatdagi janjal

 

Jahon chempionati hali boshlanmadi, lekin u allaqachon janjallarga aylana boshladi. Bu safar tashkilotchilar kelishilgan o‘yinlarni uyushtirishda ayblanmoqda. 

 

“Korrespondent” nashriga ko‘ra, ekspertlar Jahon chempionatining ochilish o‘yini adolatsiz natijaga olib kelishi mumkinligini aytdi.

 

“Qatar 8 nafar  ekvadorlik futbolchiga jahon chempionatidagi ilk mag‘lubiyati uchun 7,4 million dollar pora berdi. Buni Qatar va Ekvadordan besh nafar insayder tasdiqladi. Umid qilamizki, bu yolg‘on. Dunyo FIFAdagi korrupsiyaga qarshi turishi kerak”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2022 ochilish o‘yini 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика