20-noyabr kuni Qatarda start oladigan jahon chempionatining ochilish marosimi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Shouda Shakira, Dua Lipa va Black Eed Peas kabi mashhur ijrochilar qatnashadi.
Shuningdek, Qatarda Koreyaning mashhur BTS guruhi va J Balvin va nigeriyalik qo‘shiqchi Patrik Nnayemeka Okori chiqish qiladi. Bundan tashqari, marosimda Kanadada tug‘ilgan Bollivud yulduzi Nora Fatexi ham ishtirok etishi xabar qilingan. U Jahon kubogi uchun "Light The Sky" klipida rol o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022dagi ilk o‘yinni turnir mezboni – Qatar Ekvador termasiga qarshi o‘tkazadi. Musobaqa turnirning ochilish marosimi tugashi bilanoq boshlanadi.


