1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

JCh–2022 o‘yinlariga kirish uchun PZR testi talab qilinadi

Shuningdek, 32 ta jamoa a’zolari har ikki kunda tezkor antigen testidan o‘tadi.

JCh–2022 o‘yinlariga kirish uchun PZR testi talab qilinadi

 

Jahon chempionati uchun Qatarga sayohat qiladigan muxlislar mamlakatga kirish vaqtida COVID-19 testini taqdim etishlari kerak. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.

 

Test Qatarga kelishdan 48 soat oldin, ekspress testlar esa bir kun ichida amalga oshirilishi lozim. 18 va undan katta yoshdagi barcha chempionat mehmonlari ularning salomatligi va harakatlarini kuzatib boruvchi rasmiy ilovani yuklab olishlari talab qilinadi. Stadionga faqat hujjatida “koronavirus yuqmagan” maqomini ko‘rsatgan shaxslar kiritiladi.

 

32 ta jamoa va xodimlar har ikki kunda tezkor antigen testlarini o‘tkazadilar. Qatarga kirishda COVID-19 uchun majburiy test barcha sayohatchilar uchun 4-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика