Jizzaxda viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda “O‘zA” axborot agentligi.
Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Hasanov Hamid Alisher o‘g‘li tayinlandi.
Hamid Hasanov mehnat faoliyatini shu vaqtga qadar Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK direktori lavozimida olib borgan.


