1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda 7 yoshli qiz elektr simiga osilib halok bo‘ldi

Maʼlum qilinishicha, simlar inson hayoti uchun xavfli holatda turgan.

Jizzaxda 7 yoshli qiz elektr simiga osilib halok bo‘ldi

 

Jizzax viloyati Zomin tumanida 7 yoshli qiz elektr simiga osilib halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 25 iyul kuni soat 18:30 lar atrofida Zomin tumani Pishag‘ar qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 2016 yilda tug‘ilgan qiz o‘ynab yurgan vaqti elektr simiga osilib qolgan va oradan hech qancha vaqt o‘tmay yong‘in sodir bo‘lgan.  

 

Marhumaning bobosining Aytishicha, elektr simlari yerga osilib, insonlar hayoti uchun juda xavfli holatda turgan. Aynan shu holat sabab qizchaning o‘limidan keyin ham na simlar, na simyog‘ochlar maʼsul xodimlar tomonidan bir necha kun eʼtiborsiz qoldirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика