15 aprel kuni soat 17:00 atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ariqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat tumanning "Qo‘shko‘prik" mahallasidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchining rul boshqaruvchini yo‘qotishi tufayli sodir bo‘lgan.
Olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, faqatgina haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


