Jizzax viloyati, G‘allorol tumanidagi shifoxonada tezkor tadbir davomida 37 yoshli jarroh bemorning operatsiyasi uchun mahalliy aholidan 2 million so‘m pora olayotgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holat shifokor tomonidan inson hayoti va sog‘liqni saqlash xizmatini pul bilan bog‘lash sifatida jiddiy huquqbuzarlik sifatida baholandi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunida shifokorga nisbatan qonuniy chora-tadbirlar belgilanadi va sud jarayoni boshlanadi.
Huquq-tartibot idoralari aholiga xizmat ko‘rsatishda korrupsiya va pora olish holatlarini qattiq nazorat qilmoqda va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirgan.


