1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda chiqindi gazidan elektr toki ishlab chiqariladi

Bu bo‘yicha O‘zbekiston–Koreya o‘rtasida memomardum imzolanadi.

Jizzaxda chiqindi gazidan elektr toki ishlab chiqariladi

 

Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasida Janubiy Koreya Respublikasining atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti – KEITI ishitirokida “Jizzax viloyatida mavjud poligonlarni yopish, yangi zamonaviy poligonlar qurish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar qilmoqda.

 

Tadbirda Jizzax viloyati hokimligi hamda Koreya Respublikasining “KEITI” kompaniyasi o‘rtasida 2021-yil 2-dekabr kuni Qo‘shma memorandum imzolanib, loyihaning dastlabki parametrlari belgilanganligi alohida ta’kidlangan.

 

Loyiha doirasida 98 million 400 ming AQSH dollari miqdoridagi, shundan grant mablag‘lari 8 million 400 ming, kredit mablag‘lari 90 million AQSH dollarini tashkil etgan mablag‘lar hisobiga Jizzax viloyatida chiqindilar poligonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) elektr energiyasi ishlab chiqaradigan uskuna o‘rnatish, 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini, 5 ta yangi poligon qurish hamda yangi qurilgan poligonlarga tibbiyot chiqindilarni yoqish usuli bilan yo‘q qilish, kompost qilish uskunalari o‘rnatish, konteynerlar va maxsus texnikalar harid qilish rejalashtirilganligi qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика