1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda Cobalt katta tezlikda opa-singilni urib yubordi

Avtohalokat oqibatida 4 va13 yoshli qizchalar halok bo‘ldi.

Jizzaxda Cobalt katta tezlikda opa-singilni urib yubordi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Cobalt katta tezlikda voyaga yetmagan ikki qizni urib yubordi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Viloyat YHXB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 18 noyabr kuni soat 19:30 larda Baxmal tumani hududidan o‘tgan G‘allaorol — Baxmal — Supa-Zomin 4R-41 yo‘lining 29 kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Shu tumanda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan A.O. Cobalt avtomobilini O‘smat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan ikki piyoda: 2011 yilda tug‘ilgan I.M. va uning singlisi, 2020 yilda tug‘ilgan I.K.ni urib yuborgan.

 

Oqibatda opa-singil turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchi O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi va 117-modda (xavf ostida qoldirish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonaga joylashtirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика