
Unga ko‘ra, Buxorodan Toshkentga harakat qilib kelayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi sababli yuk mashinasi shu yo‘nalishda ketayotgan “KamAZ”ga borib urilgan.
Boshqarma eʼlon qilgan videoda ko‘rish mumkinki, bu hodisa oqibatida kamida bir nafar fuqaro vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning dastlabki 7 oyi davomida Jizzax viloyati hududida charchoq alomati sababli rul boshqaruvida uxlab qolish oqibatida 33 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, ularda 20 nafar fuqaro vafot etgan. 23 nafar fuqaro esa turli darajada jarohat olgan.


