1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi

U tadbirkor bilan birga fuqarodan 200 ming dollar so‘ragan.

Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi

 

Yangiobod tumani hokimligi mansabdori va tadbirkor fuqarodan 200 ming AQSH dollari pora talab qilgani aniqlandi.

 

Jizzax viloyatidagi qurilish firmasi rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiobod tumani hokimligida ishlovchi mansabdor tanishi yordamida, yopiq shaklda o‘tkaziladigan tender orqali unga mazkur tuman hududidan 200 gektar yer maydonini shamol elektr stansiyalari qurish uchun olib berish evaziga 200 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 100 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, jinoyatni to‘liq fosh etish maqsadida, qurilish firmasi rahbaridan olingan dastlabki ko‘rsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida masʼul lavozimda ishlovchi tanishi ham qo‘lga olindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика