Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining qarorlariga asosan, “Ye.A.” MCHJdan soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro hujjatlari Byuroning Sharof Rashidov tumani bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, mol-mulklariga taqiq o‘rnatildi. Shuningdek, qarzdorga tegishli noturar bino-inshootlar xatlandi.
Qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmagan taqdirda, mazkur mulk auksion savdolarida sotilib, tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida ado etish — ortiqcha muammolarning oldini oladi.


