Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qilishicha, banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlari davom etmoqda.
Xabarga ko‘ra, Sharof Rashidov tumanida ATB “Qishloqqurilishbank” Jizzax hududiy boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MCHJga bank filialidan g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan boshqa korxonalariga o‘tkazib olish yo‘li bilan kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


