1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jizzaxdagi restoranda bezorilar janjal chiqardi

Ular idishlarni sindirib, ovqatlanish shoxobchasi masʼullariga bosim o‘tkazishga uringan.

Jizzaxdagi restoranda bezorilar janjal chiqardi

Jizzaxda restoranda bezorilik qilgan 9 kishi ushlandi. Ushbu shaxslarning barchasi Jizzax shahridagi 5 ta tungi klubda ish boshqaruvchi, hisobchi, ish yurituvchi, qo‘riqchi vazifalarida faoliyat yuritib kelgan. Ular voqea yuz bergan kechasi Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan restoranda “nima sababdan kechasi faoliyat yurityapsizlar?!” bahonasida bezorilik sodir etilgan.

 

Ular idishlarni sindirib, ovqatlanish shoxobchasi masʼullariga bosim o‘tkazishga uringan.

 

O‘z navbatida jabrlanuvchilarning murojaati asosida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qonunbuzarlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilgan.

 

Sud qarori bilan gumonlanuvchilar mayda bezorilik hamda ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda aybdor deb topgan va ularning barchasiga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика