1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxdagi shifoxonada erkak ayolini pichoqladi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxdagi shifoxonada erkak ayolini pichoqladi

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatida hamshira pichoqlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 7-sentyabr kuni soat 21:40 atrofida Jizzax viloyati Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi B.B. o‘zi bilan hozirda birga yashamaydigan, tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i D.B.ning tanasiga bir necha marta pichoq urgan.

 

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика