1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxlik erkak xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi

Bunga rashk sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Jizzaxlik erkak xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida erkak xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, ayol va turmush o‘rtog‘i o‘rtasida doimiy nizolar bo‘lib turgan.

 

Aniqlanishicha, marhuma turmush o‘rtog‘i tomonidan qasddan bir necha marta urib, tan jarohatlar yetkazilib, bo‘g‘ishi oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

“Ayol bilan gaplashganimizda eri uni Telegram va Instagram‘da kimlar bilandir yozishganini aytib, janjal qilgan. Asosan rashk sabab bo‘ldi deb o‘ylayman",- deydi mahalla xotin-qizlar faoli.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика