Prezidentning "Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030 yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi.
Hujjatga muvofiq 2023-yil 1-avgustdan:
-
olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimiga o‘tkaziladi;
-
sport maydonchalarining joylashuv hududidan qatʼi nazar (taʼlim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul bo‘ladi va vaqti chegaralanmaydi;
-
sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.


