1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jo Bayden maktabdagi otishmadan so'ng o'z xalqiga murojaat qildi

18 yoshli o'smir 21 kishi otib o'ldirdi.

Jo Bayden maktabdagi otishmadan so'ng o'z xalqiga murojaat qildi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden  Texasdagi boshlang‘ich maktabda sodir bo'lgan ommaviy otishma sababli Amerika xalqiga murojaat qildi. 
Murojaat Oq uydan jonli efirda uzatildi.

 

18 yoshli o‘smirning maktabda quroldan o'q uzishi oqibatida kamida 21 kishi, jumladan, 18 bola va uch nafar kattalar halok bo‘lgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, hujumchining maqsadi nomaʼlum. U maktabga kelmasidan oldin kasalxonaga buvisini olib borgan.

 

Shundan so‘ng maktabga kelgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari aniqlashicha, u o'q o'tkazmaydigan jilet kiygan, yonida to'pponcha, miltiq va ryukzak bo'lgan. Soqchilarning uni binoga kirgizmaslikka urinishlari natija bermadi. Hujumchi ichkariga kirib, u yerda bir nechta sinf xonalarida tartibsiz o‘q uzgan. Keyinroq politsiya uni hibsga oldi.


Sobiq prezidentlar Bill Klinton va Barak Obama ham AQShdagi  qurol-yarog' savdosini qoralab chiqish qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика