1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jo Bayden shtatlar hokimiyatlarini koronavirusga qarshi vaksina olganlarga 100 dollardan to‘lashga chaqirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden shtatlar hokimiyatlarini yaqinda koronavirusga qarshi vaksina olgan shaxslarga 100 dollardan to‘lashga chaqirdi.

Jo Bayden shtatlar hokimiyatlarini koronavirusga qarshi vaksina olganlarga 100 dollardan to‘lashga chaqirdi

 

U buning uchun “Amerikani qutqarish rejasi”dan mablag‘ olishni taklif qildi. Bu haqda The Hill AQSH moliya vazirligiga tayanib xabar qilmoqda.


Moliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, to‘lov faqat yaqindagina emlangan amerikaliklarga “qo‘shimcha rag‘bat” sifatida amalga oshiriladi. Bu qadamdan ko‘zlangan maqsad - “jamiyatni qutqarishda vaksinatsiya darajasini oshirish va odamlarning hayotini saqlab qolish”. 


Oldinroq Nyu-York shahri aholisi 30 iyuldan boshlab koronavirusga qarshi emlash uchun 100 AQSH dollar olishi haqida xabar qilgan edik. 

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика