Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yangi harbiy yordam berilishini tasdiqladi.
"Men Boris Jonson bilan suhbatlashdim. Men frontdagi vaziyat haqida ma’lumot berdim. Jonson Ukraina uchun yangi kengaytirilgan mudofaani qo‘llab-quvvatlash paketi tasdiqlangani haqida ma’lum qildi. Biz xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ishlarni kuchaytirish masalasiga to‘xtaldik. Biz birgalikda biz oziq-ovqat inqirozining oldini olish va portlarni blokdan chiqarish yo‘llarini qidiryapmiz”, — deb yozdi Zelenskiy Twitter’da.
Shuningdek, Germaniya Ukrainaga Bundesver zaxiralaridan to‘rtta ko‘p uchiruvchi raketa tizimini (MLRS) yetkazib berishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.


