1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jo‘rayevlar ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rildi

Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi.

Jo‘rayevlar ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rildi

Toshkent shahar sudi matbuot kotibining tasdiqlashicha, apellyatsiya sudi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, aka-uka Jo‘rayevlarning shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

 

Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi daʼvosi fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, sentyabr oyida hal qiluv qarori chiqarilgandi. Unga ko‘ra, sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topgandi.

 

“Botir Qodirovning javobgarlar Jo‘rayev Shohjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshoh Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik faktini belgilash haqidagi daʼvo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023 yil 4 fevralda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichga nisbatan otalik fakti belgilansin”, deya sud qarorini o‘qigan edi o‘shanda ishni ko‘rgan sudya.

 

Shuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon shahar FHDYO bo‘limida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Sherali Jo‘rayev, 1945 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek” deb ko‘rsatish ham belgilangan edi.

 

Sud qaroridan so‘ng xonanda Botir Qodirov OAVga intervyu berib, “eng og‘riqli nuqtasini bosishmaguncha daʼvo arizasi kiritish niyati bo‘lmaganini” aytib o‘tgan edi. “Boshqa chora qoldirishmadi, eng nozik nuqtamni bosishdi. Ularning qo‘rqayotgan nuqtasi – meros. Menga meros kerak emas. Yomon gapirmoqchi emasman, ular baribir mening ukalarim”, degandi xonanda.

 

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev esa sudning hal qiluv qaroridan norozi ekanini bildirib, dalil va isbotlar yetarli bo‘lmay turib xulosaga kelingani uchun sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati kiritilishini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика