1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Joriy yil test sinovlari vaqti o‘zgaradi

Bu imtihonlarning yopiq binolarda o‘tkazilishi bilan bog‘liq.

Joriy yil test sinovlari vaqti o‘zgaradi

 

Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi, deya xabar bermoqda «O‘zA» axborot agentligi. 

 

Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.

 

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotganligi sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Shu sababli xuddi 2018–2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика