1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

JSST: "Afgʻonistonga 500 tonnaga yaqin tibbiy buyumlarni yetkazib berish imkoniyati boʻlmayapti"

JSST: “Afgʻonistonga 500 tonnaga yaqin tibbiy buyumlarni yetkazib berish imkoniyati boʻlmayapti".

JSST: "Afgʻonistonga 500 tonnaga yaqin tibbiy buyumlarni yetkazib berish imkoniyati boʻlmayapti"

 

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Kobul aeroportidagi cheklovlar tufayli Afgʻonistonga 500 tonnaga yaqin tibbiy buyumlarni yetkazib berish imkoniyati boʻlmayotganini  maʼlum qildi, deya xabar beradi “Al-Jazira” telekanali.

 


“Ular yukni qabul qilishga tayyor, biz esa shu hafta ichida uni Afgʻonistonga joʻnatmoqchi edik. Ammo aeroport hozirda tijorat reyslari uchun yopiqligi tufayli buning imkoni boʻlmayapti”, — deydi tashkilot vakili Inas Hamam.


JSST odamlarni evakuatsiya qilish uchun Afgʻonistonga uchayotgan boʻsh samolyotlarni Dubayda toʻxtashga va afgʻonlarga moʻljallangan yuklarni olib borishga chaqirmoqda.


Tashkilot Afgʻonistonga bolalar pnevmoniyasini davolash uchun jarrohlik asbob -uskunalarini yetkazib berishga harakat qilmoqda.
Bundan avval YUNISEF ijrochi direktori Henriyetta For Afgʻonistonda 10 millionga yaqin bola gumanitar yordamga muhtojligini aytgan edi. 

 

Nasiba To'xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика