1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

JSST delegatlari “Qora yo‘rg‘a”ga o‘ynadi

Astana shahrida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

JSST delegatlari “Qora yo‘rg‘a”ga o‘ynadi

 

4 oktabr kuni Astana shahrida Astana deklaratsiyasi qabul qilinganining 5 yilligi va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha Almati deklaratsiyasi qabul qilinganining 45 yilligiga bag‘ishlangan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami siyosati va amaliyoti: yuqori natijalar uchun intilish” mavzusida xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart To‘qayev va JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus, shuningdek, JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

 

JSST rahbari Tedros Gebreyesus Qozog‘istonni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sohasida yetakchilardan biri deb atadi.

 

Qizish mashqlarida JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasi delegatlari qozoq milliy raqsi “Qora yo‘rg‘a”ga raqs tushdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика