1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

JSST: Dunyoda har ikki daqiqada bo‘lajak ona vafot etadi

JSST Bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, malakali tibbiy xizmatga imkoniyati yo‘q ayollar uchun homiladorlik “o‘ta og‘ir va xavfli sinov” bo‘lib qolmoqda.

JSST: Dunyoda har ikki daqiqada bo‘lajak ona vafot etadi

 

Dunyoda har ikki daqiqada homilador yoki tug‘uruq arafasidagi ayol vafot etadi. Bu haqda JSST tomonidan tayyorlangan “Onalarda o‘lim holatlari tendensiyasi” hisobotida so‘z boradi.

 

Xususan, 2020-yilda shu kabi 287 ming holat qayd etilgan. 2000-2015-yillarda ekspertlar onalar o‘limi kamayganini taʼkidlashgan. Ammo 2016-2020-yillarda bu ko‘rsatkich Yevropa va Shimoliy Amerikada 17 foizga, Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasida 15 foizga oshgan.

 

O‘lim holatlari qashshoq va nizoli mintaqalarda, ayniqsa, baland. Masalan, 2020-yilda barcha onalar o‘lim holatlarining 70 foizi Sahroyi Kabir janubidagi Afrika davlatlarida aniqlangan.

 

JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, malakali tibbiy xizmatga imkoniyati yo‘q ayollar uchun homiladorlik “o‘ta og‘ir va xavfli sinov” bo‘lib qolmoqda.

 

Bundan tashqari, tug‘uruqdan keyin ayollarning 1/3 qismi bazaviy yordam olmaydi. Shuningdek, 270 million xotin-qizlar reproduktiv salomatlik bo‘yicha zamonaviy metodlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика