1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

JSST jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiya berdi

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili kuzatilgan anomal issiq harorat Yevropada 60 000 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.

JSST jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiya berdi

 

Xavotirli jihati, sayyoramizda global isish jarayoni davom etar ekan, mazkur raqamlar yildan-yilga ortishi mumkin

 

Shu bois, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi jaziramadan saqlanish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarini eʼlon qildi.

 

Anomal harorat kuzatilayotgan davrda issiq o‘lkalarga sayohat qilishdan avval ob-havo prognozidan xabardor bo‘lib, ehtiyot choralarini ko‘rgan holda yo‘lga chiqish zarur.

 

Jaziramada doim yoningizda salqin suv olib yurishni unutmang. Zarurat bo‘lmasa, harorat yuqori soatlarda ko‘chaga chiqmaslik va og‘ir jismoniy ishlar bilan shug‘ullanmaslik kerak.

 

Bunday vaziyatda transport vositalarida bolalar va hayvonlarni qoldirish to‘g‘ri emas. Iloji bo‘lsa, kunduzi kamida ikki-uch soat davomida salqin joyda vaqt o‘tkazgan maʼqul.

 

Tunda xona derazalarini ochish, kunduzi oftob nurini qaytarish uchun xonalarga pardalar tutish va jarima kunlarda imkon qadar o‘zidan issiq chiqaruvchi elektr moslamalaridan kamroq foydalanish maqsadga muvofiq.

 

Organizmning suvsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuniga yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish juda muhim.

 

Mutaxassislar, shuningdek, yengil, tabiiy matodan tikilgan va keng liboslar kiyishni, imkon qadar tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilishni, shakarli, alkogolli yoki kofeinli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qiladi.

 

Ko‘p vaqtini yolg‘iz o‘tkazadigan yaqinlar, do‘stlar va qo‘shnilar sog‘lig‘idan muntazam xabardor bo‘lishni yoddan chiqarmaylik. Chunki issiq kunlarda zaif odamlar yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin.

 

Anomal harorat taʼsirida o‘zingiz yoki yaqinlaringizda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i kabi alomatlar kuzatilsa, shifokorga uchrashing.

 

Agar atrofingizdagi insonlarda oftob tig‘i tufayli noodatiy belgilar, masalan, xushni yo‘qotish, talvasa, aqldan ozish kabi simptomlar yuzaga kelsa, darhol tez tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика