Amrillo Inoyatov Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi.
Muloqotda asosiy eʼtibor mamlakatimizda ushbu tashkilot ko‘magida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va istiqbollari muhokamasiga qaratildi.
A.Inoyatov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam uchun T.Gebreyesusga minnatdorlik bildirdi.
JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ayniqsa, mamlakatimizning silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishini taʼkidladi.
Muloqot yakunida JSST bilan O‘zbekistonning samarali hamkorligini taʼminlashga qo‘shayotgan hissasi uchun Tedros Gebreyesusga "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.


