1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

JSST: Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqildi

Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat chekishi mumkin.

JSST: Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqildi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognoziga ko‘ra, 2030 yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat chekishi mumkin. Olimlar bu global muammoga sog‘lom turmush tarzi orqali samarali yechim topish mumkin, degan xulosada

 

Shundan kelib chiqib, JSST sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha yangi tavsiyalarini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, kundalik yog‘ isteʼmoli kattalar ratsionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oshmasligi kerak.

 

Jumladan:

 

  • 10 foizgacha  — to‘yingan yog‘li kislotalar (yog‘li go‘sht, sut mahsulotlari, qatiq, sariyog‘ va boshqa turdagi yog‘lar);

  • 1 foizgacha — sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan transyog‘lar va hayvon yog‘lari.

 

Qolaversa, JSST tavsiyalaridan shakar isteʼmolini cheklashga doir ko‘rsatmalar ham joy olgan. Uning o‘rniga sifatli uglevodlarni isteʼmol qilish foydali ekanligi qayd etilgan.

 

Har bir inson o‘z organizmi uchun zarur uglevodlarni, birinchi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olishi kerak.

 

Xususan, kattalar kuniga kamida 400 gramm meva-sabzavot tanovul qilishi maqsadga muvofiq.

 

Bolalar va o‘smirlarning kunlik meva-sabzavotlar isteʼmoli esa quyidagi miqdorda bo‘lishi tavsiya etiladi:

 

  • 2-5 yosh — kamida 250 gramm;

  • 6-9 yosh — kamida 350 gramm;

  • 10 yosh va undan kattalar — kamida 400 gramm.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика