1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

JSST: vaboning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi juda yuqori

Bir milliarddan ziyod odam vabo xastaligiga duch kelishi mumkin.

JSST: vaboning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi juda yuqori

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) fikricha, vabo kasalligining dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi juda yuqori. 

 

Tashkilotdagilarning ogohlantirishicha, 43 mamlakatda bir milliarddan ziyod odam vabo bilan xastalanish xavfi mavjud.  

 

Ustiga-ustak, 2022 yil dekabr oyida JSST  vaboga qarshi ishlatiladigan vaksina tanqis ekani haqida ham maʼlum qilgan edi. Chunki dunyo bo‘yicha vaboga qarshi vaksina zaxirasi juda kam, deydi JSST mutaxassislari.  

 

JSSTning vabo va epidemik diareya xastaliklari bo‘yicha guruhi rahbari Filipp Barbozning taʼkidlashicha, vabo paydo bo‘lish holatlari sonining ortib borish tendensiyasi davom etmoqda. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, kasallanish holatlari sonining ko‘payishiga birinchi navbatda, qashshoqlik, mojarolar va ofatlar sabab bo‘lmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика