Ijtimoiy tarmoqlarda «juma tabrigi», «Qurʼoni karim oyatlari», «Payg‘ambar alayhissalom hadislari», oʼzbekistonlik ulamolar va imom-domlalarning mavʼizalarini tarqatish go‘yoki mumkin emas, degan mazmundagi xabarlar keng tarqatilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistondagi rasmiy diniy sayt va ижтимоий tarmoqlardagi maʼlumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ham vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi batafsil maʼlumot berdi.
Rasmiy xabarda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga asosan, eʼtiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga ko‘ra, fuqarolar dinga eʼtiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining taʼlimotlarini o‘rganish haq-huquqiga ega. Bundan tashqari, rasmiy, ishonchli ижтимоий tarmoqlardagi diniy-maʼrifiy mazmundagi barcha maʼlumotlarni mutolaa qilish hamda yaqinlarga ulashish mumkinligi ham aytildi.
Shunga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ижтимоий tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi maʼlumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday taʼqib yo‘q.
Shuningdek,diniy idora ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida sarosimaga soluvchi shunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqarishini ham eslatib o‘tdi.


