1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jurnalist va tasvirchini kaltaklagan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Holat ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

Jurnalist va tasvirchini kaltaklagan shaxsga sud hukmi o‘qildi

 

2023-yilning 12-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgich qulagan edi. Holatni o‘rganish uchun borgan “Zoʻr TV” jurnalisti va tasvirchisi qarshiliklarga uchrab, kaltaklangani ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

 

Mazkur holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ham rasmiy munosabat bildirib, holat yuzasidan zudlik bilan ishchi guruh tuzilgani va Nodir Eshniyozov Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgan edi.

 

Bugun, 6-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida “Zoʻr TV” xodimlarini kaltaklagan shaxsga hukm o‘qildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Nodir Eshniyozov Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” va “g” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga dastlab 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, hukmning shartliligi e’lon qilindi va aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi.

 

Shuningdek, sudlanuvchidan yetkazilgan zarar uchun 23 755 641 so‘m mablag‘ ham undiriladigan bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика