Kanadalik qo‘shiqchi Justin Biber yuzining yarmi falaj bo‘lib qolganini aytib, Instagram’dagi sahifasiga video joyladi.
“Ko‘rib turganingizdek, bir ko‘zim pirpiramayapti, men yuzimning bu tomonini qimirlata olmayapman, tabassum ham qilolmayman. Bu mening yuzimning bu tomonida to‘liq falaj ekanligini anglatadi”, — dedi Biber.
Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, unga Ramsey Xant sindromi tashxisi qo‘yilgan. U yuz nervining pastki neyronlarining shikastlanishi, karlik, bosh aylanishi va og‘riqni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan ko‘rinishlarga ega.


