AQSHda kuchli suv toshqinlari davom etmoqda. Jumladan, Tinch okeanidan kelgan bo‘ron sabab yuz bergan kuchli yomg‘irlar oqibatida Janubiy Kaliforniyaning Santa Barbara shahri suv ostida qoldi.
Suv sathi mashinalarning oynalarigacha ko‘tarilishi natijasida yo‘llarda transport harakati to‘xtab qolgan. Mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, hozirda yomg‘irlar ancha kamaygan, lekin shahar ko‘chalari hamon suv ostida qolmoqda.
Sinoptiklarning fikricha, ushbu holat yana bir-necha kun davom etishi mumkin.


