Harris bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Zelenskiy AQSH prezidentiga “g‘alaba rejasini” bayon qilganini bildirdi.
Harrisning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. U, shuningdek, Zelenskiyning Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaning 1991 yilgi chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ga qo‘shilishini maʼlum qildi.
“Qo‘shma Shtatlardagi baʼzi shaxslar Ukrainani o‘z hududlarini Rossiyaga berishga majburlamoqchi, ammo bu yondashuvga rozi bo‘lmaymiz”, — deya taʼkidladi Harris.


