Kanadaning Immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik vaziri Mark Miller STV nevs telekanaliga bergan intervyusida yaqin bir necha oy ichida uy-joy tanqisligini bartaraf etish uchun mamlakatda yashovchi xalqaro talabalar sonini cheklash masalasini ko‘rib chiqishini aytdi.
Telekanal taʼkidlaganidek, Kanada hukumati mamlakat uy-joy taqchilligi muammosiga duch kelgan bir paytda ko‘proq muhojirlarni qabul qilgani uchun tanqidga uchradi. Intervyuda Miller mamlakatda istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar soni juda ko‘p va tizim “nazoratdan tashqarida” ekanini aytdi.
Vazir xorijlik talabalar sonini qanchaga qisqartirish rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritmagan.


