1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kanada neft va gaz qazib olishni to‘xtatdi

Bunga mamlakatda shiddat bilan yonayotgan o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘lgan.

Kanada neft va gaz qazib olishni to‘xtatdi

 

Kanadaning Alberta provinsiyasidagi o‘rmon yong‘inlari mahalliy energiya ishlab chiqaruvchilarni kuniga kamida 280 000 barrel neft ekvivalenti ishlab chiqarishini to‘xtatishiga sabab bo‘ldi

 

Bu hajm ishlab chiqarishning 3% dan ortig‘ini tashkil qiladi.

 

Kanada neft qazib olish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Mamlakat neftining 80% ga yaqini Albertadan keladi.

 

Shuningdek, ommaviy yong‘in tufayli Kanadaning AQSHga kunlik tabiiy gaz eksporti 6,7 milliard kub metrgacha kamaydi, bu 2021 yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichdir. Hozirgacha ofat sabab evakuatsiya qilinganlar soni 30 ming kishiga yetdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadada o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat eʼlon qilini xabar qilingandi. Alberta provinsiyasining 25 mingga yaqin aholisi 100 dan ortiq o‘rmon yong‘inlaridan qochib, uylarini tark etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика