1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kanada Putinning qizlarini “Qora ro‘yxat”ga kiritdi

Yana bir qator rus oligarx va amaldorlariga sanksiyalar qo‘llangan.

Kanada Putinning qizlarini “Qora ro‘yxat”ga kiritdi

 

Kanada hukumati Rossiyaning bir qator elita oilalari vakillariga shaxsiy sanksiyalar joriy qildi. Qora ro‘yxatga amaldorlar, oligarxlar, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning farzandlari ham kiritilgan. Tegishli hujjat Kanada hukumati tomonidan e’lon qilindi. 

 

Shunday qilib, Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina, ishbilarmonlar Petr Aven, Mixail Fridman, Mixail Guseriyev, German Khan, Oleg Boyko va yana sakkiz nafar rossiyalik shaxsga nisbatan sanksiya qo‘llanilgan.


Cheklov choralari Igor Makarov, Sergey Roldugin, Aleksandr Torshin, Aleksandr Ponomarenko, Katerina Tixonova, Mariya Vorontsova, Mariya Lavrova va Yekaterina Vinokurovalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar Kanada hududiga kira olmaydi.


Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin Kanada Rossiya mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика