2023 yilning 3 iyun kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanining Ko‘kterak hududi, “Uchsada” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Zaxariq” kanaliga 5 yoshli bola tushib ketgandi.
Maʼlum qilinishicha, tegishli tashkilotlar bolaning jasadini topish uchun Suv xo‘jaligi vaziridan “Zaxariq” kanali suvini bir kunga to‘xtatib turishga ruxsat so‘ragan.
Biroq “yuqori”dan suvni to‘xtatib turishga ruxsat berilmayotgani aytilgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibining bolachaning jasadi topilganinini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha mazkur hududda 9 sinf o‘quvchisi ham cho‘kib ketib, jasadi bir kundan so‘ng topilgandi.


